Live

Soya o‘simligi oziq-ovqat sanoati uchun muhim xomashyo berishi ko‘pchilikka ma’lum.
Ushbu o‘simlikning mamlakatimiz tuproq-iqlim sharoitiga mos navlarini yaratish ustida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilyapti.
Ayni daqiqalarda Milliy markazda o‘tayotgan Doktorantlar kuni” seminar-treningida maruza qilayotgan Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti Shohista Usmonova o‘tloqi-botqoq tuproqlar sharoitida mineral o‘g‘itlar fonida stimulyatorlarning soya navlari hosildorligiga ta’sirini ilmiy asoslash bo‘yicha tadqiqotlarining natijalari xususida ma’lumot berdi.
Tushunganingidek, tadqiqotning maqsadi stimulyatorlarni qo‘llash orqali soya hosildorligini oshirish.
Jarayon qiziq bo‘ldi. Ishtirokchilar mavzu yuzasidan doktorantdan o‘zini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Shuningdek, ustozlar tomonidan doktorantga tadqiqotni pishitish uchun zarur tavsiyalar berildi.
Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI