LIVE

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida haftaning seshanba kuni “doktorantlar kuni” deb e’lon qilingan. An’anaga ko‘ra bugun ham doktorantlarning olib borayotgan ilmiy tadqiqotlarining dastlabki natijalari muhokama qilinadi.
Bugungi muhokamaga Milliy markaz tizimidagi O‘simliklar genetik resusrlari va Don-dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutlarining doktorantlari tayyorgarlik ko‘rishgan.
Don-dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti doktorantlari masofa uzoq bo‘lganligi uchun onlayn ishtirok etadi.
Bugungi tadbirni Milliy markaz direktorining ilmiy maslahatchisi professor Zabardast Bo‘riyev kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI