LIVE

Xabar berib borayotganimizdek, Milliy markazda “Qishloq xo‘jaligida zamonaviy yondashuvlar – muammolar, ilmiy-innovasion yechimlar” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tyapti. Unda soha olimlari o‘zlarining ilmiy xulosalariga asoslangan taqdimotlari bilan ishtirok etmoqda.
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri professor F. Hasanova o‘zining “Gʻo‘za parvarishida innovatsion agrotexnologiyalarning afzalliklari” mavzusida ma’ruza qilmoqda.
Mavzu judayam dolzarb. Chunki paxtachilikda innovatsion texnologiyalarni qo‘llashni davrning o‘zi taqazo qilmoqda. Mahsulot tannarxini pasaytirib, daromadni oshirish ham bugun innovatsiyani qo‘llashni talab qilmoqda.
Seminar-trening yakunida ma’ruzalarda ilgari surilgan ilmiy xulosalar va takliflar yuzasidan qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI