Mahalliy g‘o‘za navlarini takomillashtirishda xorijiy genetik resurslar imkoniyatlaridan foydalanilmoqda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasida mahalliy g‘o‘za navlarini genetik takomillashtirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Tadqiqotlar sho‘rga chidamli, ko‘sak qurtiga va gerbitsidlarga qarshi barqaror, shuningdek, yuqori sifatli tola beradigan navlarni yaratishga qaratilgan. Shu maqsadda Xitoyda yaratilgan "Xin Lu Zao-78" navidan donor sifatida foydalanilmoqda.
Ushbu nav genetik jihatdan o‘zgartirilgan bo‘lib, Bt geni asosida ko‘sak qurti va ayrim turdagi gerbitsidlarga chidamli hisoblanadi. Mazkur xususiyatlar uni istiqbolli duragay navlarni yaratishda muhim genetik resurs sifatida qo‘llash imkonini bermoqda.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram