Mahalliy imkoniyatlardan samarali foydalanish qishloq xo‘jaligi sohasidagi samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari ishtirokida Namangan viloyati Norin tumanida 2025-yil paxta hosili uchun Xitoy (Shinjon) texnologiyasi usulida 76x10 sxemada xorijiy chigit navlari ekishga texnika va mexanizmlarni moslashtirish, ekish agrotexnologiyasida bir yo‘la tomchilatib sug‘orishni joriy etib, plyonka ostiga ekish ishlarini fermer va klasterlarga tushuntirish bo‘yicha seminar trening o‘tkazildi.
Seminarda olimlar Xitoy texnologiyasi haqida qisqacha ma’lumot va ushbu texnologiya bo‘yicha chigit ekadigan kombinatsiyalashgan seyalkalarning tuzilishi, o‘ziga xos jihatlari, ularni ishga tayyorlash, sozlash va qo‘llanish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube