MAHALLIY UZUMLAR SHIRADORLIGI BAHOLANDI

Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan va Respublika reystr to'plamiga kiritilgan uzum navlari shiradorligini baholash tadbiri bo'lib o'tdi.
Baholash natijalariga ko‘ra:
Mayizbop navlardan "Kishmish Sug'diyona" tashqi ko‘rinishi, glyukoza miqdori, yuqori shirin ta’mga egaligi, etliligi, suvligi kabi xususiyatlari inobatga olingan holda ekspertlar qo‘ygan baholarning umumiy yig‘indisi 16,5 ballni tashkil etdi. Bu uzum mayizboplar orasida 1-o‘rin, "Qora kishmish" navi esa 16,1 ball bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.
Xo'raki navlardan "Husayni egri" eng yaxshi deb topildi. U iste'molbop uzumlar orasida 18,4 ball bilan birinchi o‘rin, "Rizamat" naviga esa 16,5 ball bilan ikkinchi o‘rin berildi.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube