maishiy_korrupsiyaga_qarshi_kurash

MAISHIY KORRUPSIYA - KELAJAK ZAVOLI
Bugun Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida "Maishiy korrupsiya - kelajak zavoli" mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi.
Qarshi shahar 2-sonli IIB bosh inspektori, katta leytenant B. Husanov hamkorligida o`tkazilgan tadbirda institut xodimlari hamda doktorant, yosh tadqiqotchilar ham faol ishtirok etdi.
Tadbirni institut huquqshunosi J. Tursunov ochib berib, bugungi kunda jamiyat kushandasi - maishiy korrupsiya jinoyatining salbiy oqibatlari, unga qarshi kurashda har bir fuqaroning mas`uliyati haqida batafsil so`z yuritdi.
Muloqot davomida Qarshi shahar IIB bosh inspektori, katta leytenant B. Husanov ishtirokchilarga maishiy korrupsion holatlarning turlari, unga qarshi kurash jarayonlari, qonunchilikda belgilangan ularga qarshi jazo choralari to`g`risida tushunchalar berdi. Tadbir yakunida mutaxassis tomonidan taqdim etilgan mavzu doirasidagi foydali qo`llanma va bukletlar to`plami ishtirokchilarga tarqatildi.