Malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Xabariningiz bor, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi xodimlar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.
Bugun navbatdagi guruh uchun o'quv boshlandi. Mashg'ulotlar avvalida institut direktori Rustam Nizomov o‘quv dasturining mohiyati, uning asosiy yo‘nalishlari, kutilayotgan natijalar hamda sohada kadrlar salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar va amaliy loyihalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
O‘quv kurslari davomida tinglovchilar nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlarda ham ishtirok etib, ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy boshqaruv va innovatsion yechimlarni o‘z faoliyatiga tatbiq etish bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamlaydilar.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube