Malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari xodimlari uchun malaka oshirish kurslari tizimli ravishda tashkil etib kelinmoqda.
"Agrar sohani iqtisodiy rivojlantirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalarni jalb qilish va innovatsiyalarni joriy etish" mavzusida boshlangan galdagi o'quv kursi soha mutaxassislarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga bag'ishlandi.
Kurs davomida tinglovchilar malakali mutaxassislar ko'magida nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlash, ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy boshqaruv usullari va innovatsion yechimlarni o‘z faoliyatiga samarali tatbiq etish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube