Malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Ayni kunlarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari hamda tuman bo‘limlari xodimlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari qizg‘in va samarali ruhda davom etmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda, amaliy jarayonlarda ham bevosita ishtirok etib, o‘z kasbiy ko‘nikmalarini yanada boyitmoqdalar. Har bir dars zamonaviy yondashuvlar, innovatsion usullar va real tajriba asosida tashkil etilayotgani bilan ahamiyatlidir.
Shuningdek, kurslar doirasida sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan o‘tkazilayotgan master-klasslar tinglovchilarga yangi qarashlar, ilg‘or tajribalar va samarali yechimlarni o‘rganish imkonini bermoqda.
Mazkur o‘quv jarayonlari bilim, tajriba va innovatsiyani birlashtirgan holda, qishloq xo‘jaligi sohasi rivojiga xizmat qiladigan malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube