Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Malaka oshirish kurslari: ilm, amaliyot, tajriba va innovatsiyalar uyg‘unligi

Malaka oshirish kurslari: ilm, amaliyot, tajriba va innovatsiyalar uyg‘unligi
Qishloq xo‘jaligi tizimida kadrlar salohiyatini oshirish va boshqaruv samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan yangi tuman–viloyat–vazirlik vertikali asosida yo‘lga qo‘yilgan malaka oshirish kurslarining dastlabki bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi. Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tomonidan tashkil etilgan ushbu o‘quv kurslarida vazirlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar hamda tuman bo‘limlari xodimlari ishtirok etdi. Dastur doirasida “agrar sohani iqtisodiy rivojlantirish”, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalarni jalb qilish va innovatsiyalarni joriy etish yo‘nalishlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilimlar berildi. Tinglovchilar zamonaviy agrokorxonalar va laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘quv mashg‘ulotlari davomida xalqaro va mahalliy ekspertlar tomonidan amaliy taqdimotlar o‘tkazilib, ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar berildi. Vazirlik rahbariyati va tinglovchilar o‘rtasida ochiq muloqotlar tashkil etilib, sohadagi muammolar, takliflar va fikr-mulohazalar o‘rganildi. Bu esa ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash hamda ularni ilmiy asosda rivojlantirishga xizmat qildi. Tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish va drayver yo‘nalishlarni rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. O‘quv kursi yakunida tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.