Malaka oshirish kurslari: ilm, amaliyot va tajriba

Qishloq xo‘jaligi tizimida kadrlar salohiyatini oshirish va boshqaruv samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan vazirlik–viloyat–tuman vertikali asosida yo‘lga qo‘yilgan malaka oshirish kurslarining navbatdagi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tomonidan tashkil etilgan ushbu o‘quv kurslarida vazirlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar hamda tuman bo‘limlari xodimlari ishtirok etdi.
Dastur doirasida “Agrosanoatni rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash” yo'nalishi bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilimlar berildi.
Vazirlik rahbariyati va tinglovchilar o‘rtasida ochiq muloqotlar tashkil etilib, sohadagi muammolar, takliflar va fikr-mulohazalar o‘rganildi. Bu esa ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash hamda ularni ilmiy asosda rivojlantirishga xizmat qildi.
Tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish va drayver yo‘nalishlarni rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
O‘quv kursi yakunida tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram