Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi

Malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi
Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun tashkil etilgan "Asosiy ekinlar dehqonchiligi va agrotexnologiyalarini rivojlantirish" yo‘nalishidagi bir haftalik malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi. O‘quv dasturi davomida tinglovchilar asosiy ekinlarni yetishtirishning zamonaviy agrotexnologiyalari, resurslarni samarali boshqarish, innovatsion yondashuvlar, ilg‘or agrotexnik tadbirlar hamda sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamladi. Mashg‘ulotlar tajribali professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va soha mutaxassislari ishtirokida tashkil etildi. O‘quv kursi yakunida ishtirokchilarning o‘zlashtirish darajalari baholandi. Sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga belgilangan namunadagi malaka oshirish sertifikatlari topshirildi. Mazkur malaka oshirish kurslari qishloq xo‘jaligi tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish hamda sohada yuqori malakali kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qiladi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.