Malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirish, zamonaviy iqtisodiy yondashuvlarni amaliyotga keng joriy etish maqsadida Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo'jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida “Agrar sohani iqtisodiy rivojlantirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalarni jalb qilish va innovatsiyalarni joriy etish” yo‘nalishida bir haftalik malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi.
Mazkur malaka oshirish kurslari davomida tinglovchilarga agrar sohani iqtisodiy rivojlantirishning zamonaviy mexanizmlari, xalqaro loyihalarda ishtirok etish va ularga investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni qishloq xo‘jaligiga joriy etish masalalari bo‘yicha mutaxassislar tomonidan nazariy va amaliy bilimlar berildi.
Bir haftalik o‘quv jarayoni yakunida tinglovchilarning o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalari baholanib, belgilangan talablarni muvaffaqiyatli bajargan ishtirokchilarga tegishli sertifikatlar topshirildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube