Malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi

Avval xabar berganimizdek, Toshkent davlat agrar universitetida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari direktor o‘rinbosarlari hamda laboratoriya mudirlari, shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilgan edi.
Bugun ushbu kurslarda ishtirok etgan dastlabki tinglovchilar ikki haftalik o‘quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli yakunlab, olgan bilim va ko‘nikmalarini nazariy jihatdan mustahkamlab oldilar. Kurslar yakunida tinglovchilarning bilim darajasini baholash va o‘zlashtirilgan mavzularni yanada mustahkamlash maqsadida ikki haftalik darslar asosida tayyorlangan yakuniy imtihon sinovlari o‘tkazildi. Yakuniy imtihonlar Qishloq xo'jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida tashkil qilindi.
Ushbu malaka oshirish kurslari kadrlarning nafaqat nazariy balki amaliy bilimlarini ham oshirishga xizmat qiladi, albatta.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube