Malaka_oshirish

Yaponiyada kichik fermerlar faoliyatini yaxshilash uchun sabzavot yetishtirish texnologiyasi kursining boshlanishi
Ayni kunlarda Yaponiyada har yili an’anaviy tarzda tashkil etiladigan “Kichik fermerlar faoliyatini yaxshilash uchun sabzavot yetishtirish texnologiyasi” kursi bu yilgi faoliyatini boshladi. Bu yil mazkur kursda 10 ta mamlakatdan – Kambodja, Gambiya, Indoneziya, Laos, Nepal, Papua Yangi Gvineya, Shri-Lanka, Tonga, O‘zbekiston va Vanuatudan kelgan 12 nafar ishtirokchi qatnashmoqda.
O‘zbekistondan mazkur kursda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh mutaxassisi Abdullaxon Shukurov ham ishtirok etmoqda.
Kurs, avvalo, fermerlarga mahsulot yetishtirish va dehqonchilik bo‘yicha maslahat beradigan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularni sabzavot yetishtirish, xo‘jalik yuritish, bozorga chiqish va sotuvni tashkil etishga oid mukammal bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlashni maqsad qiladi. Ishtirokchilar sakkiz oy davomida JICA Tsukuba markazida va Yaponiyaning turli hududlaridagi ekin maydonlarida sabzavot yetishtirish usullarini nazariy va amaliy tarzda o‘rganadilar. Tanishuv va yo‘naltirish mashg‘ulotlaridan so‘ng, kurs rasmiy start oldi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube