Ma’naviy-ma’rifiy ishlar namunali yo‘lga qo‘yilgan tashkilot” tanlovi g'oliblari taqdirlandi

Bugun Toshkent Davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamkorligida vazirlik tizimida “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar namunali yo‘lga qo‘yilgan tashkilot” tanlovi g'oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Tanlov doirasida tizimdagi 7 ta oliy ta’lim muassasalarining 206 nafar professor-o‘qituvchilaridan iborat Ishchi guruhlar tomonidan vazirlik quyi bo‘g‘inlaridagi 769 ta tashkilot va muassasalar faoliyati o‘rganildi va baholandi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 2-o‘ringa loyiq topilib, II darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Milliy markaz tizimidagi Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, vinochilik va uzumchilik ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi ma’naviy-ma’rifiy ishlar namunali yo‘lga qo‘yilgan ilmiy-tadqiqot muassasasi nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.
Ushbu muvaffaqiyat bilan Milliy markaz hamda tizimdagi tashkilotlar mehnat jamoalarini qutlaymiz!
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube