Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish — davr talabi

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish — davr talabi
Joriy yilning 6–7-yanvar kunlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tizimdagi tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda davlat tilini joriy qilish bo‘yicha mas’ul xodimlar uchun amaliy seminar tashkil etildi. ⏰Bugun ushbu seminarning ikkinchi kuni ham ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti direktor o‘rinbosari Muhammadjon Quronov ma’ruza bilan ishtirok etdi. Seminar davomida soha xodimlari o‘zaro tajriba almashib, joriy etilgan va rejalashtirilayotgan yangiliklardan xabardor bo‘lishdi. Ishtirokchilar sohaning yetuk mutaxassislariga o‘z kasbiy faoliyatlariga oid qator savollar bilan murojaat qilishdi. Shu bilan birga, mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha ham fikr almashildi. Seminarda xodimlarga teatrlar, davlat muzeylari va tarixiy manzilgohlarga tashriflarni tashkil etish, idoraviy kutubxonalar yoki ma’naviyat burchaklarini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, ish qog‘ozlari, turli blanklar, muhrlar va shtamplar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, reklama hamda e’lonlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Ma'lumot o‘rnida, seminarda umumiy hisobda 102 nafar xodim ishtirok etdi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.