Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ma'naviy yuksalish va yangi imkoniyatlar

Ma'naviy yuksalish va yangi imkoniyatlar
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi rahbar va xodimlar uchun tashkil etilgan navbatdagi malaka oshirish kursi dasturi nafaqat kasbiy bilimlar, balki ma’naviy dunyoqarashni boyitishga qaratilgan tadbirlarga ham boy bo‘lmoqda. Kurs ishtirokchilari Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barpo etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tinglovchilar ushbu markazga o'rta asrlarda buyuk allomalarimiz tomonidan yaratilib, yaqin yaqingacha turli mamlakatlarda saqlanib kelingan va bugun davlatimiz rahbarining sa'yi-harakati bilan ushbu markazga jamlangan noyob asarlar bilan tanishish imkoniga ham ega bo'ldilar. “Ajdodlarimizning boy merosi bugungi eng ilg'or texnologiyalarning asosi ekanligini yana bir bor angladik” – deya ta’kidlashdi kurs ishtirokchilari. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.