Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ma’naviyat insonni kamolotga yetaklaydi

Ma’naviyat insonni kamolotga yetaklaydi
Ma’naviyat millatni taraqqiyotga yetaklovchi muhim omil sanaladi. Zero, insonning jamiyatdagi o‘rni uning moddiyati bilan emas, aksincha ma’naviyati-ma’rifati bilan belgilanadi. Ma’rifatli insonlar elaro doim qadr topgan. Mamlakatmizda ayni yo‘nalishdagi ishlar samarali tashkil etilgan. Bu boradagi ishlar Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tizim tashkilotlarida ham diomiy e’tiborda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy - tadqiqot institutida ham bugungi ish kuni madaniy va ma’rifiy tadbirlarni o‘z vaqtida samarali tashkil etish vazifasining ijrosi bilan boshlandi. Yig‘ilishni institut direktori R. Siddiqov olib bordi. Yig‘ilishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishga ma’sul bo‘lgan xodimlarga jamoaviy va oilaviy teatrga borish kunlarini belgilash, shuningdek, jamoada kitobxonlikni targ‘ib etish masalasi yuzasidan topshiriqlar berildi. https://t.me/AKIS_milliy_markaz

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.