Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

MATBUOT_ANJUMANI

MATBUOT_ANJUMANI
“Aqlli” qishloq xo‘jaligi sari: ilm, innovatsiya va istiqbol Joriy yilning 23 iyun kuni Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun “Aqlli qishloq xo‘jaligi sari: ilm, innovatsiya va istiqbol” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanni Markaz direktori, akademik Shodmon Namozov ochib berdi. U o‘z so‘zida mamlakatimizda agrar sohani ilmiy asosda rivojlantirish, zomonaviy texnologiyalarni joriy etish va sohaviy kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi. Shundan so‘ng, Markaz direktori o‘rinbosari Bunyod Mamaraximov tomonidan markaz va uning tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyati yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Unda ilmiy muassasalar, kadrlar malakasini oshirish instituti, sohaviy markazlar va xalqaro laboratoriyalarni o‘z ichiga olgan markazning tuzilmasi, faoliyat yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda erishilayotgan natijalar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Bunyod Mamaraximov o‘z ma’ruzasida Koreya Respublikasi Hukumatining 21,4 million AQSh dollari miqdoridagi grant mablag‘lari asosida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida amalga oshirilayotgan quyidagi yirik loyihalarga alohida to‘xtaldi: Meva-sabzavotchilikda ilg‘or texnologiyalar o‘quv markazi — 3,7 mln dollar, “Aqlli qishloq xo‘jaligi” innovatsion sanoat texnologiyalari markazi — 14 mln dollar, Zamonaviy ko‘chatchilik markazi — 3,7 mln dollar. Ushbu loyihalar doirasida o‘quv markazlari va namunaviy xo‘jaliklar tashkil etilmoqda, beshta hududda tajriba issiqxonalari qurilmoqda, agrotexnologiyalar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda, hamda 60 nafar mutaxassis va magistr Koreya Respublikasiga malaka oshirishga yuborilmoqda. Matbuot anjumani jurnalistlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ular tomonidan agrar sohadagi dolzarb masalalar — ilmiy yangiliklar, eksportbop navlar, zamonaviy agrotexnologiyalar, kadrlar tayyorlash va xalqaro hamkorlik yuzasidan bir qator savollar berildi. Savol-javob jarayonida markaz tizimiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari tomonidan aniq, asosli va faktlarga tayanilgan javoblar taqdim etildi. Ayniqsa, markaz hududida amalga oshirilayotgan yirik xalqaro loyihalar bilan yaqindan tanishish, innovatsion markazlar va tajriba maydonlarini ko‘zdan kechirish jurnalistlarda katta taassurot qoldirdi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.