Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Media savodxonligi va axborot mustaqilligi – Yangi O‘zbekiston poydevori” mavzusidagi press-tur davom etmoqda

Media savodxonligi va axborot mustaqilligi – Yangi O‘zbekiston poydevori” mavzusidagi press-tur davom etmoqda
Tadbir doirasida OAV vakillari Toshkent davlat agrar universitetida tashkil etilgan “Asal sifatini tahlil qilish” laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu laboratoriyada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, ayniqsa, tabiiy asalning sifati, tarkibi va iste’molga yaroqliligini aniqlash uslublari jurnalistlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, ishtirokchilar Oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatish va saqlash texnologiyasi markazida bo’lib, bu yerda mahsulotlarning sifatini saqlab qolish, ularning saqlash muddati va iste’mol xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan innovatsion texnologiyalar bilan tanishdilar. ℹ Ma’lumot o’rnida, ushbu press-turda 50 dan ortiq matbuot kotiblari, bosma nashr va elektron OAV vakillari ishtirok etmoqda. Ular uchun ushbu press-tur nafaqat ilmiy-amaliy jarayonlar bilan tanishish, balki universitetning ilmiy salohiyati, innovatsion loyihalari va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot olish imkonini yaratmoqda. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.