Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Meningbayrogim_meninggururim

Meningbayrogim_meninggururim
18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun Bayroq qadim-qadimdan har bir xalqda mustaqillik, ozodlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelgan. Xususan, ajdodlarimiz yurt bayrog‘ini muqaddas bilib uni ardoqlaganlar, ko‘z qorachig‘idek saqlaganlar. BMT binosida unga a’zo bo‘lgan 193 mustaqil davlat qatori O‘zbekistonning ham bayrog‘i hilpirab turibdi. Aslida har bir bayroqning o‘z tarixi, u mansub bo‘lgan yurt suvratiyu siyratiga monand qiyofasi bor. Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan bo‘lib ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ham bu haqda faxr - iftixor bilan so‘z yuritildi. Davra suhbatida ishtirok etgan Milliy markaz xodimlari bayrog‘imizga bilan g‘ururlanish har birimizning yurtga bo‘lgan muhabbatimizni ifoda etishi haqida fikr bildirdi. https://t.me/AKIS_milliy_markaz

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.