Аmerikalik tadbirkor «Doʼstlik» ordeni bilan mukofotlandi

Prezident Shavkat Mirziyoev farmoni bilan bir qator tadbirkorlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular orasida АQShlik tadbirkor, Paxtakor tumanidagi «Silverleafe» qoʼshma korxonasi bosh direktori Daniel Patterson ham bor.
Daniel Patterson o'z faoliyati davomida Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi tizimidagi AKIS markazi va ilmiy tadqiqot institutlari bilan doimiy ravishda hamkorlik qilib keladi. Mazkur amaliy ishlar xususida "O'zbekiston 24" telekanali orqali turkum ko'rsatuv va lavhalar efirga uzatilgan edi.
Qishloq xo'jaligida Bilim va innovatsiyalar Milliy markazi jamoasi Daniel Pattersoni yuksak mukofot bilan muborakbod etadi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube