Mevali daraxtlarni oqlash tadbiri

⏱Mevali daraxtlarni oqlash ularni qishki-bahorgi davrda quyosh kuyishi va sovuqlardan himoya qiladi. Oqartirilgan tanasi quyosh nurlarini qaytarib, po‘stloqning qizib ketishi va kechasi harorat pasayganda yorilishining oldini oladi.
Qishda qor ustidan aks etgan quyosh nuri ayniqsa daraxtning janubiy tomonida po‘ya yorilishlariga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois mevali daraxtlarni kech kuzda yoki erta bahorda, daraxt uyg‘onishidan oldin oqlash tavsiya etiladi.
Ohak eritmasini tayyorlashdan oldin:
Oqlashdan avval daraxt tanasi eski va ko‘chib turgan po‘stloqlardan tozalanadi. Chunki bu joylarda zararkunandalar qishlab qolishi mumkin.
Tozalashdan so‘ng daraxt tanasini fungitsidlar, masalan, 5% li mis kuporosi eritmasi bilan dezinfeksiya qilish tavsiya etiladi.
Eritma tarkibi:
Ohak eritmasiga qo‘shimcha ravishda:
mis kuporosi — zamburug‘li kasalliklardan himoya qilish uchun;
PVA yelimi — eritmaning po‘stloqqa yaxshi yopishishi va uzoq saqlanishi uchun qo‘shiladi.
Yosh daraxtlarning nozik po‘stlog‘ini kuydirmaslik uchun ohak konsentratsiyasi pastroq bo‘lishi kerak. Ba’zi manbalarda yosh nihollar uchun ohak o‘rniga oddiy bo‘r ishlatish tavsiya etiladi.
Ohak surish qalinligi:
Ohak qatlami juda qalin bo‘lmasligi lozim, aks holda u ko‘chib tushadi. Odatda 2 qatlam qilib surtish yetarli bo‘ladi.
Tavsiya etiladigan eritma retsepti (10 litr suvga):
2 kg so‘ndirilgan ohak
300–350 g mis
100–150 g PVA yelimi
Bizni kuzatishda davom eting!
WEB SAYT TELEGRAM INSTAGRAM FACEBOOK YOUTUBE