MEVALI DARAXTLARNI PAYVAND QILISH

Mevali daraxtlarni payvand qilish bahorgi eng muhim agrotexnik tadbirlardan biridir. Bu haqiqiy jarrohlik amaliyoti hisoblanib, jarayon mobaynida o‘simlikning bir qismi boshqa bir o‘simlikning tanasiga qo‘shilishi va uyg‘unlikdagi hosilni olishga erishish uchun ko‘chirish ishlari o‘tkaziladi.
Mevali daraxtlarni payvand qilishning ko‘plab usullari mavjud. Bizning ushbu videomizda iskana payvandlash texnologiyasi haqida hikoya qilinadi. Bunday payvandlash qanday amalga oshirilganligi va nima uchun bunday qilinishi kerakligi haqida Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining kichik ilmiy xodimi Mirnosir Isroilov ma’lumot berdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube