Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Mevali ekinlar genetikasi va seleksiyasi bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Mevali ekinlar genetikasi va seleksiyasi bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Germaniyaning nufuzli Julius Kühn-Institut ilmiy muassasasining katta ilmiy xodimlari Monika Höfer hamda, Stefanie Reim xonim Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlarda institut Milliy genbankida saqlanayotgan urug'lar va Dala genbankida tirik holda saqlanayotgan noyob meva-rezavor va uzum genetik resurslarning xilma xilligi juda katta taassurot qoldirdi. Uchrashuv davomida tomonlar mevali ekinlar genetik resurslarini saqlash va o‘rganish, olma seleksiyasi va molekulyar-genetik tadqiqotlar, qo‘shma ilmiy loyihalar ishlab chiqish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Uchrashuv yakunida ushbu yo‘nalishlarda hamkorlik qilish va istiqboldagi ilmiy loyihalar ustida birgalikda ishlash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.