Germaniyaning nufuzli Julius Kühn-Institut ilmiy muassasasining katta ilmiy xodimlari Monika Höfer hamda, Stefanie Reim xonim Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Mehmonlarda institut Milliy genbankida saqlanayotgan urug'lar va Dala genbankida tirik holda saqlanayotgan noyob meva-rezavor va uzum genetik resurslarning xilma xilligi juda katta taassurot qoldirdi.
Uchrashuv davomida tomonlar mevali ekinlar genetik resurslarini saqlash va o‘rganish, olma seleksiyasi va molekulyar-genetik tadqiqotlar, qo‘shma ilmiy loyihalar ishlab chiqish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida ushbu yo‘nalishlarda hamkorlik qilish va istiqboldagi ilmiy loyihalar ustida birgalikda ishlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.




