Milliy genbank bilan yaqindan tanishuv

Toshkent davlat agrar universitetining sirtqi va masofaviy ta’lim yo'nalishi talabalari O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lib, Milliy genbank faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tanishuv jarayonida talabalarga genetik resurslarni qabul qilish, saqlash, hujjatlashtirish hamda ulardan ilmiy-amaliy maqsadlarda foydalanish tizimi haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, sabzavot va poliz ekinlari genetik resurslari bo‘limidagi kolleksiyalar, seleksiya uchun manbalar, dala va laboratoriya sharoitida olib borilayotgan ishlar namoyish etildi.
Mutaxassislar genetik resurslarning qishloq xo‘jaligi barqarorligini ta’minlash, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash hamda iqlim o‘zgarishi sharoitida moslashuvchan navlar yaratishdagi ahamiyatini alohida ta’kidladi. Kolleksiyalarni saqlash, baholash va seleksiya dasturlariga jalb etish bo‘yicha amaliy jarayonlar yuzasidan fikr almashildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube