Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonovning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida Akademik M.Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Qashqadaryo…

ilmiy tajriba stansiyasi hududi (Qarshi tumani)da joylashgan “Hosildor Zamin” zamonaviy koʻchatchilik taʼlim majmuasida boʻldi.
Ushbu majmua 4 gektar maydonda tomchilatib sugʻorish tizimiga ega boʻlgan ochiq va 1 gektar maydonda oʻquv xonalari joylashgan yopiq koʻchatxonalar, “in-vitro” usulidagi issiqxona va oʻquv markazidan iborat boʻlib, bu yerda bir yilda bugungi kunda yoʻqolib borayotgan 200 ming dona mevali daraxt va 100 ming dona tok koʻchatlari, 200 ming dona mavsumiy gullar yetishtirish, iqlimga moslashtirish hamda yuzlab yoshlarga zamonaviy koʻchatchilik sir-asrorlarini oʻrgatish imkoniyati yaratilgan.
Shuhrat Otajonov Qishloq xo'jaligi vazirining Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida mazkur tajriba-stansiya rahbariyati oldiga qo'ygan vazifalar va topshiriqlarning bajarilishini ko'zdan kechirdi. Ishlarning sust borayotganini tanqid qilib, mas'ullarni ogohlantirdi. Ushbu issiqxonalar aholiga sifatli gul va manzarali o'simliklar ko'chatlarini yetkazib berishda hududda yetakchi bo'lishi lozimligi ta'kidlandi. Shu bilan birga ehtiyojmand oila vakillarini gulchilikka bepul o'qitish orqali ularni kasb-hunar egallashlariga ko'maklashishga xizmat qilishi lozim.
Qayd etish kerak: Qashqadaryo yoshlari uchun ushbu tajriba stansiyada tashkil etilgan oʻquv markazda temir daftar, ayollar va yoshlar daftarida boʻlgan aholi gulchilik kasbiga o'rgatiladi va ish bilan ta'minlanib, daromad ko'rishlariga ko'maklashiladi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo'ling:
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube