Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Milliy markaz tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida “Boshoqli don, dukkakli hamda yem-xashak ekinlarining yangi navlarini yaratish va yetishtirishda innovatsion…

Milliy markaz tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida “Boshoqli don, dukkakli hamda yem-xashak ekinlarining yangi navlarini yaratish va yetishtirishda innovatsion…
texnologiyalarni qo‘llash istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya davom etmoqda. Anjumanning amaliy qismi institutning tajriba dalasida o‘tkazilmoqda. Ishtirokchilar so‘nggi yillarda yaratilgan bug‘doyning yangi navlari bilan tanishib, ularning xususiyatlari va afzalliklarini o‘rganishyapti. Institut direktori, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor Ravshanbek Siddiqlov konferensiya ishtirokchilariga g‘allachilikdagi dolzarb vazifalar yuzasidan ma’lumot va tavsiyalar berib, xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga oid natijalarni ham taqdim etmoqda. Anjumanda xorijiy davlatlardan soha olimlari, Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov, mutaxassislar va fermerlar faol ishtirok etishmoqda. Yangiliklardan xabardor bo‘lib, agrotexnologiyadagi so‘nggi yutuqlarni biz bilan kuzatib boring! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.