Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Milliy markaz tizimidagi eng yoshi ulug' ilmiy muassasa bu- Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

Milliy markaz tizimidagi eng yoshi ulug' ilmiy muassasa bu- Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti
Institut 1898-yilda Turkiston qishloq xo‘jaligi tajriba stansiyasi sifatida tashkil etilgan. Turkiston qishloq xo‘jaligi tajriba stansiyasi dastlab bog‘dorchilik, uzumchilik bilan bir qatorda paxtachilik, sabzavotchilik, tolali ekinlar, sholi, g‘alla va ozuqa ekinlari ustida tadqiqotlar olib borgan. Keyinchalik ushbu stansiya negizida bir qator yangi ilmiy muassasalar, tarmoq tajriba stansiyalari tashkil topgan, keyinchalik ular alohida institutlarga aylantirilgan. Kecha biz o'tkazgan so'rovnomada kuzatuvchilarning katta qismi ikkita ilmiy-tadqiqot instituti variantini tanlashgan. 42% qismi 115 nafar kuzatuvchi Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, 34 % qismi ya'ni 94 nafar kuzatuvchi esa Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti javobini tanlagan. Bu holat so‘rovnomada ishtirok etgan ishtirokchilarning yetarlicha ma’lumotga ega emasligini ko‘rsatdi. Eslatma: Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti ham 1922-yilda Turkiston qishloq xo‘jaligi tajriba stansiyasi paxta seleksiya stansiyasi sifatida tashkil etilgan. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.