Milliy markaz tizimidagi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida “Global iqlim o‘zgarishida lalmikor ekinlar seleksiyasi va yetishtirish agrotexnologiyalaridagi muammolar va ularning…

innovatsion yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya davom etmoqda.
Ayni daqiqalarda davra suhbati boshlandi. Unda olimlar, agronomlar va seleksionerlar ishtirok etmoqda. Tadbirda iqlim o‘zgarishlari sharoitida lalmikor ekinlarni samarali yetishtirish, yangi yuqori hosilli navlarni yaratish va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tajribalar almashilmoqda.
Shuningdek, xalqaro ilmiy hamkorlikni kuchaytirish, birgalikdagi tadqiqotlarni rivojlantirish va sohadagi muammolarni hal etish yo‘llari hamda yangi loyiha tashabbuslari ko‘rib chiqilmoqda.
Yangiliklardan xabardor bo‘lib, qishloq xo‘jaligidagi so‘nggi ilmiy yutuqlarni kuzatib boring!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube