Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

MILLIY MARKAZ va KOPIA aloqalari mustahkam ishonch hamda o'zaro do'stlik ustiga qurilgan

MILLIY MARKAZ va KOPIA aloqalari mustahkam ishonch hamda o'zaro do'stlik ustiga qurilgan
Buni qishloq xo'jaligining sholichilik, chorvachilik hamda sabzavotchilik sohalarida bir necha yillardan buyon olib borayotgan uzviy hamkorligimiz isbot qilmoqda. Aytaylik birgina sholichilik yo'nalishida KOPIA bilan 2024-2028 yillarga mo'ljallangan loyihalar doirasida 4 million AQSH dollarlik hamkorlik rejalarimiz ko'zda tutilgan. Yangi texnika va texnologiyalarni sholichilik ilmiga tadbiq etish, sinab ko'rish va mamlakatimizga keng joriy etishda ishlar jadal boshlab yuborildi. Buni bir necha kun oldin Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida bo'lib o'tgan dala seminarida ham o'zim guvoh bo'ldim. Koreyadan bizning mamkalatimizga olib keltirilgan sholi ekish texnikalari qulayligi bilan klasterlarimizga ma'qul kelganini e'tirof etishimiz o'rinlidir. O'ylaymanki, hali hamkorligimiz doirasida Koreyaning ilg'or texnologiyalarini mamkalatimiz qishloq xo'jaligiga joriy etamiz va bu borada KOPIA bizning ishonchli hamkorimiz! Seulda bo'lib o'tayotgan ushbu konferensiyaga bizni qadrli hamkor, ishonchli do'st sifatida taklif etishgani ham hamkorlik aloqalarimiz yaxshi yo'lga qo'yilganidan dalolat. Tadbirda 30 dan ortiq davlatning qishloq xo'jaligida ilmiy-innovatsion faoliyatni boshqarishga mas’ul 100 dan ortiq rahbar-xodimlari ishtirok etmoqda. Shuhrat Otajonov |Rasmiy kanali

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.