MILLIY MARKAZ XODIMLARI UCHUN ARZONLASHTIRILGAN QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI YARMARKASI TASHKIL ETILDI

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi hamda “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” bayrami munosabati bilan Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida yetishtirilgan arzon va sifatli oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining bayram oldi savdo yarmarkasi tashkil etildi.
Unda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari mol go‘shti, tuxum, yog‘, un mahsulotlari, guruch va sabzavotlar sotildi.
Shuningdek, Milliy markaz tizimidagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari uchun ham ana shunday yarmarka tashkil etildi
AKIS UZBEKISTAN