Milliy markazda "Genetik jihatdan o‘zgartirilgan (Bt) g‘o‘za navlarini yetishtirish, kasallik va zararkunandalarga chidamliligini boshqarish hamda yuqori samarador mahalliy intensiv agrotexnologiyani…

joriy etish" mavzusida amaliy seminar bo'lib o'tdi
Seminarda Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov, rahbar maslahatchisi Zabardast Bo'riyev va direktor o'rinbosari Bunyod Mamarahimov taqdimot qildi.
Shuhrat Otajonov o'z taqdimotida seminar qatnashchilarni genetik jihatdan o‘zgartirilgan (Bt)* g‘o‘za navlarini yetishtirish, kasallik va zararkunandalarga chidamliligini boshqarish hamda yuqori samarador mahalliy intensiv agrotexnologiyani joriy etish bo'yicha 2025-yilga mo'ljallangan strategiyasi bilan tanishtirdi.
2025-yil hosili uchun amalga oshiriladigan yangi paxtachilik tajribasi quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
Bunda umumiy paxta yetishtiriladigan maydonning:
20 foiziga – ko‘sak qurtiga hamda gerbitsidlarga chidamli (Bt) g‘o‘za navlari joylashtiriladi hamda intensiv agrotexnologiya, ya’ni 76x10 qo‘shqator sxemada 240 ming ko‘chat soni bilan plyonka ostida tomchilatib sug‘orish usulini qo‘llagan holda parvarishlanadi;
qo‘shimcha tarzda har bir hududda 20 foiz maydonga – mahalliy g‘o‘za navlari yuqori samarador intensiv agrotexnologiya asosida 76x10 qo‘shqator sxemada 240 ming ko‘chat soni bilan plyonka ostida parvarishlanadi;
qolgan 60 foiziga – ilmiy asoslangan nav joylashtirish rejasi asosida hududlarning tuproq-iqlim sharoiti, sho‘rlanish, suv ta’minoti, sizot suvlari nisbati, kasallik “o‘choqlari” omillarini hisobga olgan holda tindirilgan urug‘ nav urug‘ini almashtirish dasturiga muvofiq mahalliy g‘o‘za navlari ekiladi. Bunda 90 smlik sxemadan butunlay voz kechiladi.
Genetik olim Zabardast Bo'riyev BT texnologiyasining ahamiyati, uni g'o'za navlaridagi xususiyati haqida taqdimot qildi. Jahonda BT texnologiyasiga o'tish 1996-yilda boshlangani, bu texnologiya patentlanganligi sabab, uni shu vaqtgacha mamlakatimizda joriy qilish mumkin bo'lmagani, bizga bu texnologiya xorij seleksiyasi bilan kirib kelganligini ma'lum qildi.
Yig'ilish so'ngida xorijiy va mahalliy g'o'za navlarning nazoratini amalga oshirish bo'yicha hududiy AKISlar va Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining hududlardagi ilmiy-tajriba stansiyalari xodimlari mentor hisoblanib, bu boradagi ishlarni fermer xo'jaliklarida tizimli ish olib borilishida ko'maklashadi.
Ma'lumot uchun: *Bt–g‘o‘za navi – genetik jihatdan o‘zgartirish jarayonida o‘simlik irsiy apparatiga hasharot va zararkunandalar uchun zararli bo‘lgan oqsillarni sintezlovchi Cry genlari hamda gliofasat gerbidsidiga chidamli genlar kiritilgan g‘o‘za navi.
Ko‘sak qurtiga chidamlilik o‘simlikka Bacillus thuringiensis (Bt) tuproq bakteriyasining genetik materialini o‘tkazish orqali erishiladi. Genetik material o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan, ya’ni hasharot va zararkunandalariga toksik ta’sir ko‘rsatadigan, biroq sutemizuvchilar va maqsadli bo‘lmagan organizmlarga zararli ta’sir qilmaydigan oqsillarni kodlaydi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube