Milliy markazda “O’zbekiston-Xitoy” Yanlin innovatsion agrotexnoparki tashkil etiladi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Qishloq xo'jaligi vazirligi delegatsiyasiXitoyning Shenzi provensiyasi Yanlin shahrida bo'lib o'tayotgan 31-Xalqaro qishloq xo'jaligi yarmarkasida ishtirok etmoqda. Faxriy mehmon sifatida taklif etilgan Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov Milliy markaz huzurida agrotexnopark tashkil etish loyihasini taqdimot qildi. Mazkur loyiha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirgan rasmiy davlat tashrifida ikki mamlakat rahbarlari tomonidan imzolangan kelgusi hamkorlik rejalari doirasida amalga oshirilmoqda.
⌛Milliy markaz huzurida tashkil etiladigan mazkur innovatsion agrotexnopark erkin iqtisodiy hudud maqomiga ega bo'lib, kelgusida unga rezedent bo'lib kirgan qishloq xo'jaligi subyektlariga tegishlicha imtiyoz va preferensiyalar taqdim etadi.
Agrotexnoparkda shuningdek, yuqori samarador qishloq xo'jaligi ekinlar va texnikalarning demostratsion maydoni mavjud bo'ladi. Hamda u yerda zamonaviy urug'chilik va ko'chatchilik imkoniyati ham tashkil etish ko'zda tutilmoqda, natijada tayyor urug' va ko'chatlarni fermer va dehqon xo'jaliklariga yetkazib berish mexanizmi ham joriy etiladi.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube