Milliy markazda yana bir an’ana yo‘lga qo‘yildi

Endi tizimdagi ilmiy-tadqiqot institutlarida faoliyat ko‘rsatayotgan olimlarning xorijiy ilmiy muassasalarga amalga oshiriladigan xizmat safarlarida olgan taassurotlari va orttirgan tajribalar yuzasidan davra suhbatlari tashkil etiladi.
Ana shunday davra suhbati bugun ilk bor tashkil etildi. Unda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kotibi F. Rasulov va mazkur institutning laboratoriya mudiri R.Mavlyanova Tayland Qirolligida tashkil etilgan “Development of Vegetable Breeding Skills in Asia” Dasturi doirasidagi “Pepper and Tomato Breeding” mavzusidagi treningda ishtiroki yuzasidan hamkasblariga o‘zlari orttirgan tajribalar haqida so‘zlab berdi.
F. Rasulovning ta’kidlashicha, trening davomida olingan bilimlar ilmiy-tadqiqotlarni halqaro standartlarga muvofiq samarali tashkil etish va loyihada belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga imkoni beradi.
⌛ Butunjaxon Sabzavotchilik Markazi (World Veg) loyiha menejeri doktor Derek bilan muzokaralar o‘tkazildi. Asosiy tadqiqot loyihasi uchun saminar davomida o‘zimiz tomonimizdan baholangan pomidordan 9 ta, shirin qalampirdan 6 ta, achchiq qalampirdan 17 namunalarini O‘zbekiston olib kelish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Butunjaxon Sabzavotchilik Markazi qovoqdoshlar bo‘yicha mutaxassis doktor A.Kompogridis bilan tadqiqot uchun yangi qovoq namunalarini 15 tasi O‘zbekistonga yuboriladi.
– Ushbu treningda ishtirok etgan Qirg‘iz Respublikasi Dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori institutimiz bilan hamkorlik Memorandumini tuzish istagini bildirdilar va biz ikkala institut ma’muriyati o‘rtasida keyingi muzokaralar o‘tkazishga yordam berishni ma’lum qildik. Shuningdek, Vetnam meva-sabzavotchilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan ham hamkorlik qilishga kelishib olindi, – dedi F. Rasulov ma’ruzasi yakunida.
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube