Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Milliy til – milliy birlik vositasi

Milliy til – milliy birlik vositasi
Bugun Toshkent davlat agrar universitetida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar, davlat tilini joriy qilish borasidagi faoliyatni jamoatchilik asosida tashkil etishga mas’ul etib belgilangan tashkilotchilar xodimlari uchun amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Eshmirza Abdualimov so‘zga chiqib, mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatida mavqeyini mustahkamlash, til siyosatini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi. Shundan so‘ng, seminarga taklif etilgan bir qator soha mutaxassislari tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar borasidagi faoliyatni rejalashtirish, ularni tizimli ravishda o‘tkazish va natijadorligini oshirishning o‘ziga xos jihatlari, kasbiy faoliyatda va targ‘ibot ishlarida notiqlik mahorati va kommunikativ kompetentlik mavzularida taqdimotlar o‘tkazishdi. ▶Shuningdek, seminarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishda kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikdagi faoliyatning o‘ziga xos jihatlari, tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilishning amaliy jihatlari hamda tashkilot va muassasalarda davlat tilida ish yuritish tartib-qoidalari bo‘yicha o‘z jamoalarida amalga oshirishi lozim bo‘lgan vazifalar ham atroflicha muhokama qilindi. Ma’lumot o‘rnida, 107 nafar ishtirokchini o‘zida jamlagan amaliy seminar 6-7-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.