Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Mintaqaviy hamkorlik: Markaziy Osiyo agrar salohiyati oshmoqda

Mintaqaviy hamkorlik: Markaziy Osiyo agrar salohiyati oshmoqda
Tojikiston Respublikasida o‘tkazilayotgan FAOning Yevropa uchun 35-mintaqaviy konferensiyasida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov faol ishtirok etmoqda. Mazkur nufuzli anjuman mintaqaviy agrar siyosatni muhokama qilish, dolzarb muammolarga yechim topish hamda davlatlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda. Konferensiya davomida vazir turli sessiyalarda qatnashib, qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va erishilayotgan natijalar xalqaro hamjamiyat e’tiboriga havola etildi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.