Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Mirzacho‘lda fermerlar uchun amaliy seminar-trening o‘tkazildi

Mirzacho‘lda fermerlar uchun amaliy seminar-trening o‘tkazildi
Mirzacho‘l tumanida fermerlar ishtirokida amaliy seminar-trening tashkil etildi. Tadbirdan maqsad — qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda ilmiy asoslangan agrotexnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish va fermerlarning malakasini oshirishdan iborat. Seminar davomida Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari g‘alla ekinlarini parvarishlash, yuqori hosildor va kasallikka chidamli navlarni to‘g‘ri tanlash, ularni yetishtirishda zamonaviy agrotexnik tadbirlarni qo‘llash bo‘yicha tushuntirish berdilar. Shuningdek, g‘alla kasalliklariga qarshi samarali kurash choralari, dukkakli ekinlarni almashlab ekish orqali tuproq unumdorligini oshirish hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi. Tadbir yakunida fermerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va amaliyotda qo‘llash uchun aniq tavsiyalarga ega bo‘ldilar. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.