Mobil agroxizmatlar — vazir e’tibor markazida

Toshkent viloyatida qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishayotgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Bo‘ka tumanida yangi tashkil etilgan mobil agroxizmat ko‘rsatish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur markaz orqali agroxizmatlarni aholiga yaqinlashtirish, fermer va dehqonlarga tezkor va qulay xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, vazir hududdagi Agro xizmatlar markazida ko‘rsatilayotgan xizmatlar, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda amaliy o‘quv jarayonlari bilan ham tanishdi.
Mutasaddilarga mobil agroxizmatlarni kengaytirish, ularning qamrovini oshirish va fermerlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube