Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Modernizatsiya ishlariga bag'ishlangan loyihalar taqtimoti bo'lib o'tdi

Modernizatsiya ishlariga bag'ishlangan loyihalar taqtimoti bo'lib o'tdi
Qishloq xo'jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Bilim va innovatsiyalar milliy markazi(AKIS) hamda Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti binolarini modernizatsiya qilish loyihalari bilan tanishdi. Loyihalarni Milliy markaz direktori Sh.Otajonov taqdim etdi. Taqdimot davomida AKIS binosini tubdan modernizatsiya qilish, eng so'nggi texnologiyalarni hududga jalb qilish, eng muhimi hududda daraxtlar sonini ko'paytirish borasida Markaz direktori tomonidan takliflar berildi. Bundan tashqari Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hududidagi bir qancha ma'muriy binolarni modernizatsiya hamda rekonstruksiya qilish borasida ham takliflar berildi. Taqdimot so'ngida vazir Ibrohim Abdurahmonov loyihaga xorij mutaxassislarini jalb qilish hamda ishlarni jadallashtirish borasida o'z takliflarini aytib o'tdi hamda mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berdi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.