Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Mo‘g‘uliston davlati bilan hamkorlik aloqalari yanada kengayadi

Mo‘g‘uliston davlati bilan hamkorlik aloqalari yanada kengayadi
Bugun poytaxtimizdagi "International Hotel Tashkent" mehmonxonasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi taraqqiyotga to‘sqinlik qilayotgan mintaqaviy va global darajadagi asosiy masalalarni muhokama qilish hamda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent shahrida “Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari” mavzusida xalqaro forumi doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Mo‘g‘uliston oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va yengil sanoat vaziri Jadambar Yenkhbayar bilan uchrashuv o‘tkazdi. ℹUchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan Mo‘g‘uliston davlati bilan qishloq xo‘jaligining bir qator tarmoqlari, ayniqsa chorvachilik yo‘nalishida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish zarurligi, bunda Mo‘g‘uliston tajribasini O‘zbekistonda joriy etish muhim masala ekanligi aytib o‘tildi. O‘z navbatida Mo‘g‘uliston tomoni O‘zbekiston eng muhim strategik hamkor ekanligini, bu borada Prezident Shavkat Mirziyoyevning olib borayotgan siyosati muhim ahamiyat kasb etganini ta’kidlab o‘tdi. ℹBundan tashqari ikki davlat o‘rtasida eksport-import aloqalarini mustahkamlash borasida logistika masalasi ham dolzarb ekanligi qayd etib o‘tildi. Uchrashuv yakunida I.Abdurahmonov O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida imkoniyatlar keng ekanligini, bu borada har qanday hamkorlikka tayyor ekanligini ma’lum qildi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.