Moliyaviy yo‘nalishda xalqaro hamkorlik

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Unda Milliy markaz rahbari Shuhrat Otajonov Yevropa ittifoqining "EU ASK Facility" loyihasi Davlat moliyasini boshqarish yo‘nalishida ichki nazorat bo‘yicha Xalqaro ekspert auditor Joys Tyunessen xonimni qabul qildi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Yevropa Ittifoqining "EU ASK Facility" loyihasi doirasida audit yo‘nalishida Milliy markazda 2 ta pilot loyiha amalga oshilmoqda.
Uchrashuvda ushbu loyiha xalqaro andozalarga mos va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilishi, tizimdagi kamchilik va xatarlarni oldini olishga qaratilganligi bilan ahamiyatli ekanligi ta’kidlandi.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga kelishib oldilar.
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube