Monografiya

Bug‘doy kasalliklari bo‘yicha yangi ilmiy monografiya chop etildi!
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti va
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi
O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida
Bug‘doy (Triticum aestivum L.) o‘simligini kasallantiruvchi arpaning sariq pakanalik virusining tarqalishi va diagnostikasi
nomli monografiya chop etildi.
Monografiyada ilk bor kompleks yondashuv asosida quyidagi masalalar yoritilgan:
bug‘doy o‘simligining taksonomiyasi va umumiy biologik tavsifi;
bug‘doyni kasallantiruvchi viruslarning biologik xususiyatlari;
arpaning sariq pakanalik virusining asosiy kasallik alomatlari;
virusning tabiatda tarqalishi va yuqish yo‘llari;
kasallikni tarqatuvchi vektorlar va zamonaviy diagnostika usullari va laboratoriya yondashuvlari.
Monografiya: batafsil tanishish uchun
Ushbu monografiya bug‘doy yetishtirishda hosildorlikka jiddiy xavf soluvchi virusli kasalliklarni erta aniqlash, monitoring qilish va ilmiy asosda baholash uchun muhim manba hisoblanadi.
Nashr olimlar, seleksionerlar, fitopatologlar, agronomlar, doktorantlar va soha mutaxassislari uchun amaliy va nazariy jihatdan katta ahamiyatga ega.
Ilm-fan va amaliyot uyg‘unligidagi ushbu hamkorlik mamlakatimizda donchilik sohasini barqaror rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamdir.
BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING!
O'GRITI axborot xizmati
Telegram Instagram Facebook WEB
https://t.me/OGRITI_Uzbekistan