Monografiya

Sho'rlanishga qarshi kurashda innovatsion yechimlar!
O‘zbekiston sharoitida qishloq xo‘jaligi oldida turgan eng katta muammolardan biri — tuproq sho‘rlanishidir. Ushbu global muammoning genetik va biologik yechimlari bo‘yicha yangi monografiya nashr etildi!
Monografiya nomi: "Механизмы солеустойчивости у растений рода Atriplex: исследование ключевых генов на примере A. Pratovii и A. Moneta"
Mualliflar: D.Sh. Matchanova, F.N. Kushanov, O.S. Turaev, R.S. Muhamedov
Ushbu monografiyada nimalar bayon etilgan?
Ekstremal chidamlilik: Sho'r tuproqlarda ham o'sa oladigan Atriplex o'simligining noyob genetik xususiyatlari.
Genetik "kalit"lar: O'simliklarning sho'rlanishga chidamliligini ta'minlovchi genlarning molekulyar darajadagi tahlili.
Ekologik ahamiyat: Orolbo'yi hududlari va sho'rlangan yerlarni qayta tiklashda bu o'simliklardan qanday foydalanish mumkin?
Nima uchun bu muhim? Tadqiqot natijalari kelajakda sho'rga chidamli qishloq xo'jaligi ekinlarini yaratish va degradatsiyaga uchrayotgan yerlar unumdorligini oshirishda muhim va mustahkam ilmiy poydevor bo'lib xizmat qiladi.
Mazkur nashr Biofizika va biokimyo instituti, Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti hamda O'simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan nashr etildi.
Soha mutaxassislari, biologlar va qishloq xo'jaligi yo'nalishidagi talabalar uchun muhim ilmiy manba!
BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING!
O'GRITI axborot xizmati
Telegram Instagram Facebook WEB
https://t.me/OGRITI_Uzbekistan