Muloqot

Ummonlik mutaxassislar bilan uchrashuv
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida Xalqaro Nordik universiteti bilan hamkorlikda Ummon Sultonligida joylashgan “Green Oasis AG“ kompaniyasi rahbari Muhammad Saad Ali bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvga Toshkent viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi fermer xo‘jaliklari rahbarlari taklif qilindi.
Ushbu kompaniyaning asosiy yo‘nalishi qishloq xo‘jaligi bo‘lib, turl o‘g‘itlar, o‘stirish stimulyatorlari va boshqa zarur vositalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
– Bizning maqsadimiz organik va noorganik formulalarga asoslangan o‘g‘itlar ishlab chiqish, Ummon va butun dunyoda barqaror kelajak uchun integratsiyalashgan qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlashdir, – dedi muloqotda kompaniya rahbari Muhammad Saad Ali.
“Green Oasis AG“ kompaniyasi rahbari Muhammad Saad Ali fermerlar bilan muloqot qilar ekan, o‘simliklar va ekinlarda so‘nggi paytlarda ko‘p uchrayotgan kasalliklar xususida qiziqdi. Fermer va dehqonlarni qiynayotgan kasalliklarni barataraf etish yuzasidan tavsiyalar berish va hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.
⌛ Kompaniya vakillari va fermerlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot qiziqarli va savol-javoblarga boy bo‘ldi. Fermerlar taklif qilinayotgan biologik mahsulotlarning afzallikllari, kompaniyaning rejalari haqidagi savollariga batafsil javob oldi.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube