Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

muloqot

muloqot
Milliy markaz tizimidagi Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining mamlakatimiz agrar sohasida erishilayotgan yutuqlarda alohida o‘rni bor. Boisi Orolbo‘yi hududlarida dehqonchilik madaniyatini yuksaltirish, hudud tuproq-iqlim sharoitiga mos ekin navlarini yaratish va agrotexnikasini ishlab chiqish aynan ushbu ilmiy muassasa olimlarining zimmasidagi mas’uliyatdir. Taqdimot jarayonida institut jamoasining 2023 yilda amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasi tahlil qilindi. Shuningdek, yangi yilda amalga oshiriladigan ilmiy loyihalar yuzasidan ekspertlar ishtirokida muhokama qilindi. Ilmiy-tadqiqot instituti direktori Bekmurod Turdishev institutda boshqa hududlarda joylashgan ilmiy muassasalarida yaratilgan navlar ilmiy muassasaning tajriba maydonlarida sinovdan o‘tkazilayotgani haqida ham ma’lumot berdi. Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov institutda yaxshi sharoit yaratilgani shunga yarasha uning ichida ilmni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.