Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Muloqot

Muloqot
Ochiq muloqot tashkil etildi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi hamda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida institut rahbariyati, xodimlari hamda parlamentning tegishli qo‘mitasi vakillari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zolari Risqul Siddiqov va Nodira Rashidova ishtirok etib, agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni qonunchilik asosida mustahkamlash, qonun ijodkorligi jarayonida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash, mamlakat taraqqiyotiga qaratilgan strategik yo‘nalishlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Shuningdek, muloqot davomida ilmiy muassasalar faoliyatini yanada rivojlantirish, ilmiy ishlanmalari ishlab chiqarishga joriy etish, olimlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi. Muloqot yakunida soha bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.